Istominning raqibi Australian Open’da hakamni "poyladi"

  • 22 yanvar 2017, 00:08
  • 4 367
  • Sport
  • Istominning raqibi Australian Open’da hakamni "poyladi"

    Ispaniyalik tennischi Pablo Karrino-Busta Avstraliya ochiq chempionatida o‘zbekistonlik Denis Istomin bilan uchrashuvda vishkada o‘tirgan uchrashuv hakamiga to‘p bilan tegdi. Bu haqda Eurosport telekanaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.

    Ispaniyalik Istominning zarbasini qaytarishga urinib, to‘pni hakam qiz tomon urib yuborgan. Tennischi bu "qilmishi" uchun qizdan uzr so‘ragan va uchrashuv davom etkazilgan. Uchrashuv Istominning 6:4, 4:6, 6:4, 4:6, 6:2 hisobidagi 5 setdagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchrashuv 3 soat 27 daqiqa davom etgan.

    Istomin ushbu g‘alabasi evaziga musobaqaning 1/8 finaliga yo‘l oldi. U nimchorak finalda Grigor Dimitrov (Bolgariya) — Rishar Gaske (Fransiya) juftligi g‘olibi bilan uchrashadi.

    » » Istominning raqibi Australian Open’da hakamni "poyladi"