14:43 / 23.01.2017
5 705

Denis Istomin 4 setda Grigor Dimitrovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi

Denis Istomin 4 setda Grigor Dimitrovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi

Melburnda davom etayotgan «Ulkan toj» turkumiga kiruvchi Australian open musobaqasining nimchorak finalida Denis Istomin o‘z ishtirokini yakunladi, deb yozadi Kun.uz sayti.

Bolgariyalik turnirning 15-saralangan tennischisi Grigor Dimitrovga qarshi uchrashuvda Istomin 4 setda imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Birinchi setni Denis juda ishonchli boshlagandi. U raqibning ikkita to‘p oshirishini yutib olib 6:2 hisobida setni o‘z hisobiga yozib qo‘ygandi. Ikkinchi set tay-brekkacha davom etdi va unda bolgariyalik tennischining qo‘li baland keldi — 6:7.

Uchinchi set boshida esa Istominni eski jarohati bezovta qila boshladi va u har bir tanaffusda shifokorlardan yordam olishga majbur bo‘ldi. Natijada bu o‘yinga ham ta’sir o‘tkazdi va Denis keyingi ikki setni osonlik bilan boy berib qo‘ydi — 6:2, 6:7, 2:6, 1:6.

Grigor Dimitrov chorak finalda belgiyalik David Goffinga (11-raketka) qarshi kortga chiqadi. Goffin nimchorakda avstriyalik Dominik Tim (8) ustidan 4 setda ustun kelgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Denis Istomin 4 setda Grigor Dimitrovga imkoniyatni boy berib qo‘ydi