16:09 / 25.01.2017
6 323

Qozog‘istonlik bokschi Zokir Safiullin: "Murodjon Ahmadaliyev mendan qo‘rqsin!"

Qozog‘istonlik bokschi Zokir Safiullin: "Murodjon Ahmadaliev mendan qo‘rqsin!"

Astanada Butunjahon boks seriyasi (WSB) ning VII mavsumida Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasining ishtiroki bo‘yicha taqdimot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda "Vodiymedia.uz" xabar qildi.
Astana Arlans jamoasi bu musobaqaning guruh bellashuvlarida Rossiyaning Russian Boxing Team, Xitoyning China Dragons, O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoalari bilan kuch sinashadilar.
Hamyurtlarimizning bugungi kunda jahon boksida etakchi o‘rinda ekanliklari hech kimga mir emas. buni Astanadagi tadbirda Qozog‘iston terma jamoasi bosh menejeri Serik Sapiev ham yana bir bor e’tirof etdi: “O‘zbekiston terma jamoasi turnirda eng kuchli bokschilari bilan qatnashadi. Ularning bari nihoyatda kuchli va tajribali...”
Lekin 60 kg bo‘lgan yengil vaznda musobaqaga kirishadigan qozoq bokschi Zokir Safiullinning raqiblari haqida fikri boshqacharoq bo‘ldi. “Butunjahon boks seriyasida ishtirok etuvchi ko‘plab bokschilar boshqa vazn toifalariga o‘tishmoqda. Shuning uchun ularga moslashishga urinish kerakmas. Raqiblarim (ulardan biri – Murodjon Ahmadaliev) menga qarab, mendan qo‘rqishsin! Men o‘zimni ko‘rsatishga tayyorman”.
Ishonamizki, Uzbek Tigers va Astana Arlans jamoalari uchrashuvidan keyin Zokir Safiullin, Rio-2016 ga borgan "akasi" Qayrat Eralievga o‘xshab, Murodjonga qaraganda, qo‘rqadigan bo‘lib qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Qozog‘istonlik bokschi Zokir Safiullin: "Murodjon Ahmadaliyev mendan qo‘rqsin!"