19:37 / 25.04.2015
5 662

Ronald Kuman “Barselona” uchun “Sautgempton”ni tark etmasligini ma’lum qildi

Ronald Kuman “Barselona” uchun “Sautgempton”ni tark etmasligini ma’lum qildi

“Sautgempton” bosh murabbiyi Ronald Kuman jamoani “Barselona” uchun tark etmasligini ta’kidladi, deb yozadi Kun.uz.

““Real”dan taklif bo‘lsa, bunga hech qachon rozi bo‘lmasdim. Bordiyu “Barselona”dan taklif bo‘lganda biror bir qarorga kelish qiyin bo‘lar edi. Lekin oxir-oqibat taklifni rad etardim. Faoliyatimning asosiy qismini “Barselona”da o‘tkazganman, shu sababli bu klubga nisbatan iliq xotiralarim bor. Biroq ularga rad javobini beraman. Chunki “Sautgempton” bilan shartnomam 2 yildan ko‘proq muddatni tashkil etadi va buni hurmat qilishim kerak”, – deydi Kuman.

Angliya chempionatida “Sautgempton” 33-turdan so‘ng 7-o‘rinda bormoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronald Kuman “Barselona” uchun “Sautgempton”ni tark etmasligini ma’lum qildi