21:24 / 27.01.2017
7 943

O‘zbekistonda Futbol TV telekanali efirga chiqadigan muddat ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda Futbol TV telekanali efirga chiqadigan muddat ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda ilk futbolga ixtisoslashgan Futbol TV telekanali tashkil etilgani rasman ma’lum qilindi. Telekanal oldin xabar berilganidek UzReport telekanali qoshida tashkil etiladi. Bu haqda UzReport saytiga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

Manba bergan ma’lumotga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo Muvofiqlashtiruvchi Kengashining yig‘ilishida Futbol TV telekanaliga lisenziya berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

Futbol TV telekanali o‘z faoliyatini joriy yilning mart oyida boshlashni rejalashtirgan. Telekanal butun O‘zbekiston bo‘ylab efirga uzatiladi.

Xabaringiz bor, UzReport TV orqali Evropa chempionlar ligasi, Evropa ligasi, Angliya va Ispaniya o‘yinlarini O‘zbekistonda translyasiya qilishning ekzklyuziv huquqini xarid qilgan va hozirda ushbu musobaqalardan o‘rin olgan o‘yinlarni jonli efirda namoyish etib kelmoqda.

Futbol TV ishga tushirilganidan so‘ng UzReport TV telekanalida futbol o‘yinlari translyasiyasi to‘xtab qolmaydi. Turli chempionatlarda bir vaqtda boshlanadigan qiziqarli uchrashuvlarning biri Futbol TV telekanalida namoyish etilsa, ikkinchi o‘yin UzReport TV telekanalida translyasiya qilinadi.

Futbol TV telekanalida futbol uchrashuvlari jonli, yozib olingan holda va takroran namoyish etiladi. Bundan tashqari futbolga oid bo‘lgan turli qiziqarli ko‘rsatuvlarning efirga uzatib borilishi ham ko‘zda tutilgan, deb yoziladi xabarda.

Hozirda Futbol TV telekanalining lisenziyasini rasmiylashtirish va texnik tashkiliy ishlar doirasidagi chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonda Futbol TV telekanali efirga chiqadigan muddat ma’lum bo‘ldi