21:18 / 30.01.2017
6 940

O‘zbekiston MTJning Suriya va Qatarga qarshi o‘yinlari boshlanish vaqti ma’lum

O‘zbekiston MTJning Suriya va Qatarga qarshi o‘yinlari boshlanish vaqti ma’lum

O‘zbekiston milliy terma jamoasining 2018 yilgi Jahon Chempionati Osiyo mintaqasidagi so‘nggi saralash bosqichi doirasida Suriya hamda Qatar terma jamoalariga qarshi bahslarining boshlanish vaqti hamda stadionlar nomi ma’lum bo‘ldi.

Bizga ma’lum qilishlaricha, joriy yil 23 mart kuni bosh jamoamizning Suriya terma jamoasi bilan o‘yini Malayziyaning Paroy shahridagi Tuanku Abdul Rahmon stadionida mahalliy vaqt bilan soat 20:00da boshlandi.

23 mart, 2017
20:00. Suriya – O‘zbekiston

Tuanku Abdul Rahmon stadioni, Paroy, Malayziya

Shuningdek, ushbu bahsdan besh kun o‘tib hamyurtlarimiz Qatar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs 28 mart kuni poytaxtimizdagi Bunyodkor stadionida soat 18:00da boshlanadi.

28 mart, 2017
18:00. O‘zbekiston – Qatar

Bunyodkor stadioni, Toshkent, O‘zbekiston.

Manba: www.sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJning Suriya va Qatarga qarshi o‘yinlari boshlanish vaqti ma’lum