23:11 / 30.01.2017
7 718

Futbol TV telekanalida qaysi chempionatlar namoyish etilishi ma’lum bo‘ldi

Futbol TV telekanalida qaysi chempionatlar namoyish etilishi ma’lum bo‘ldi

Futbol TV telekanaliga O‘zbekistonda faoliyat yuritish uchun lisenziya berildi.

Bu boradagi qaror Vazirlar Mahkamasi qoshidagi idoralararo muvofiqlashtiruv qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan.

Yangi telekanalda Chempionlar Ligasi, Evropa Ligasi, Angliya Premer ligasi va Ispaniya chempionati o‘yinlari namoyish etiladi. Hozirgacha bu musobaqalar UzReport TV tomonidan ko‘rsatilib kelinayotgan edi.

Xabarda aytilishicha, o‘yinlar jonli efirda va takroran namoyish etiladi. Bundan tashqari, futbol to‘g‘risidagi ko‘rsatuvlar ham berib boriladi, deb yozadi Kun.uz sayti.

Futbol TV O‘zbekistonda mart oyidan faoliyat boshlashi rejalashtirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Futbol TV telekanalida qaysi chempionatlar namoyish etilishi ma’lum bo‘ldi