23:05 / 01.02.2017
5 351

«Lokomotiv» Antaliyada to‘rtta nazorat o‘yini o‘tkazishni rejalashtirgan

«Lokomotiv» Antaliyada to‘rtta nazorat o‘yini o‘tkazishni rejalashtirgan

Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirish maqsadida «Lokomotiv» futbolchilari bugun kechki payt Antaliyaga etib kelishdi. Jamoa a’zolari Belekdagi «Sueno Hotels Deluxe» mehmonxonasiga joylashishdi.

Bu erda havo harorati yaxshi, iqlim mo‘’tadil. Bir so‘z bilan aytganda, ayni futbol o‘ynaydigan havo. Biz joylashgan mehmonxonada shuningdek, Rossiya premer-ligasi vakili «Krilya Sovetov» ham istiqomat qilmoqda. Ular 7 fevralga qadar shu erda bo‘lishar ekan. «Lokomotiv» esa 13 fevralgacha Turkiyada o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib boradi.

Ikki hafta oralig‘ida «temiryo‘lchilar» to‘rtta nazorat bellashuvida ishtirok etishadi.

Dastlabki sinov-nazorat bahsi 3 fevral kuni Turkmanistonning «Oltin Asr» jamoasiga qarshi kechadi. Keyin 6 fevralda futbolchilarimiz Bosniya va Gersegovinaning «Saraevo» FK klubi bilan kuch sinashishadi.

Keyingi ikkita bahs esa Qozog‘iston va Ukraina jamoalari bilan bo‘ladi. 10 fevralda «Ordabasi», 12 fevralda esa «Zarya»ga qarshi nazorat bellashuvini o‘tkazamiz.

«Lokomotiv»ning Antaliyadagi o‘rtoqlik o‘yinlari:

3 fevral. «Lokomotiv» — «Oltin Asr»
6 fevral. «Lokomotiv» — FK «Saraevo»
10 fevral. «Lokomotiv» — «Ordabasi»
12 fevral. «Lokomotiv» — «Zarya»

Mashg‘ulot maydonlari shundoq mehmonxonaning yonginasida joylashgan bo‘lib, u erda barcha sharoitlar etarli. Bilasiz, «Lokomotiv»ni bu mavsum ham nihoyatda jiddiy o‘yinlar kutmoqda. Jamoamiz mavsumni 20 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasidagi bahs bilan boshlaydi. Shu kuni Saudiya Arabistonida «Al Taavon» mehmoni bo‘lamiz. Shunday ekan, barchaning e’tibori joriy mavsumni ham ijobiy tarzda o‘tkazishga qaratilgan.

«Lokomotiv»ning Antaliya yig‘inida ishtirok etayotgan tarkibi:

DARVOZABONLAR
Ignatiy Nesterov
Ma’mur Ikromov

HIMOYaChILAR

Islom To‘xtaxo‘jaev
Salim Mustafoyev
Oleg Zoteev
Farrux Ibrohimov
Sherzod Fayziev
Bobur Yo‘ldoshev
Muhammad Kone
Shuhrat Muhammadiev

YaRIM HIMOYaChILAR
Sadriddin Abdullaev
Ikrom Aliboyev
Sardor Mirzaev
Timur Kapadze
Quvondiq Ro‘ziev
Kaxi Maxaradze
Diyor Turopov
Salamat Qutiboyev

HUJUMChILAR
Marat Bikmaev
Timur Usmonov
Azizbek Amonov
Nore Krizo
Murod Bobojonov

Manba: www.lokomotiv.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Lokomotiv» Antaliyada to‘rtta nazorat o‘yini o‘tkazishni rejalashtirgan