08:38 / 02.02.2017
5 500

Italiya kubogi. Totti 97-daqiqada gol kiritib, «Roma»ni yarim finalga olib chiqdi

Italiya kubogi. Totti 97-daqiqada gol kiritib, «Roma»ni yarim finalga olib chiqdi

Italiya kubogining chorak final uchrashuvida «Roma» o‘z uyida «Chezena» ustidan g‘alaba qozondi. Bu haqda Kun.uz yozmoqda.

Hisobni 68-daqiqada mezbonlar hujumchisi Edin Djeko ochgan bo‘lsa, oradan biroz vaqt o‘tib Luka Garritano hisobni tenglashtirdi. O‘yinning 97-daqiqasida penaltini aniq amalga oshirgan Totti rimliklarga g‘alaba keltirdi.

Yarim finalda «Roma» «Lasio» bilan kuch sinashadi.

Italiya kubogi, 1/4 final

Roma – Chezena 2:1 (0:0)
Gollar: Djeko (68), Totti (90+7, penalti) – Garritano (73).

Roma: Alisson, Manolas, Jezus (Nainggolan, 46), Mariu Ruy, Ryudiger, Perotti (Djeko, 21), Paredes, Ash-Shaaravi (Emerson, 82), Strotman, Bruno Peres, Totti.
Chezena: Alyardi, Rijone, Liji, Rensetti, Pertikone, Laribi (Garritano, 57), Kone, Vitale, Balsano, Chiano (Kokko, 73), Rodriges (Paniko, 86).
Ogohlantirishlar: Laribi (44), Garritano (69), Rodriges (84), Manolas (90).
[media=https://youtu.be/SIOG5EuJ3hI]

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Italiya kubogi. Totti 97-daqiqada gol kiritib, «Roma»ni yarim finalga olib chiqdi