Brand Finance konsalting firmasi o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, dunyodagi eng qimmatbaho brendlar reytingida birinchi beshta o‘rinni Amerika kompaniyalari egalladi, deb yozadi «Daryo». Birinchi o‘ringa esa Google internet-kompaniyasi chiqib oldi, o‘tgan yil ichida brend narxi qariyb 25 foizga oshib, 109,47 milliard dollarga etdi.
Apple brendi taxminan 27 foizga — 107,141 milliard dollargacha arzonlashib, natijada reytingda ikkinchi o‘ringa tushib qoldi. Uchinchi o‘rinni Amazon.com internet-riteyleri o‘zida saqlab qoldi (106,396 milliard dollar, o‘sish 53%). To‘rtinchi va beshinchi pog‘onalarda AT&T telekommunikasiya kompaniyasi (87,016 milliard dollar, o‘sish 45%) va Microsoft (76,265 milliard dollar, o‘sish 13%) joylashdi.
Reytingning keyingi o‘rinlarini Samsung (66,219 milliard dollar, o‘sish 13%), Verizon (65,875 milliard dollar), Walmart (62,211 milliard dollar) va Facebook (61,998 milliard dollar) egalladi. Xitoyning eng yirik Industrial & Commercial Bank of China (ICBC) banki 47,832 milliard dollar ko‘rsatkich bilan yuqori o‘nlikni yakunladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?