11:21 / 03.02.2017
5 090

FQB “Barselona” sobiq prezidentiga nisbatan tergov boshladi

FQB “Barselona” sobiq prezidentiga nisbatan tergov boshladi

Federal qidiruv byurosi (FQB) “Barselona” futbol klubi sobiq prezidenti Sandro Roselga nisbatan tergov boshladi. Bu haqda Cadena Ser nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, FQB Roselni pullarni yuvish, internet yordamida firibgarlik qilish va boshqa jinoyatlarni sodir etishda gumon qilmoqda. Shu sababdan FQB Madridning 3-raqamli sudidan Roselga tegishli ofislarda zarkr tekshiruvlar o‘tkazishni so‘radi. Kataloniya klubi sobiq rahbariga yaqin kishilarning ma’lum qilishicha, Rosel ofislarida hozircha tekshiruvlar o‘tkazilmagan.

Ma’lumot uchun, FQB AQShning ichki razvedka organi va federal huquqni muhofaza qilish tuzilmasi sanaladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FQB “Barselona” sobiq prezidentiga nisbatan tergov boshladi