OAV xodimlari uchun «Futbol qoidalaridagi o‘zgarishlar» mavzusida seminar o‘tkazildi

  • 03 fevral 2017, 13:48
  • 3 430
  • Sport
  • OAV xodimlari uchun «Futbol qoidalaridagi o‘zgarishlar» mavzusida seminar o‘tkazildi

    Bugun, 3 fevral kuni O‘zbekiston Futbol Federasiyasi anjumanlar zalida OAV xodimlari uchun “Futbol qoidalaridagi o‘zgarishlar” mavsuzida o‘quv-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

    Seminar FIFA referisi Ravshan Ermatov va FIFA instruktori Vladislav Seytlin tomonidan olib borildi. Seminarga UzReport TV va Sport telekanali xodimlari va sharhlovchilari hamda bir qator jurnalistlar tashrif buyurdi.

    Dastlab, soat 9:30 da O‘FFning sun’iy qoplamali maydonida amaliy mashg‘ulotlar olib borildi. Interaktiv mashg‘ulotlada OAV xodimlari o‘yindagi vaziyatlarda qisqa vaqt ichida qaror qabul qilishni o‘zida sinab ko‘rdi.

    Shundan so‘ng, O‘FF anjumanlar zalida taqdimot va videolavhalar yordamida futbol qoidalaridagi o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar berildi, bahs-munozaralar o‘tkazilib, savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » OAV xodimlari uchun «Futbol qoidalaridagi o‘zgarishlar» mavzusida seminar o‘tkazildi