08:27 / 04.02.2017
6 001

Devis kubogida Denis Istomin terma jamoaga birinchi ochkoni keltirdi

Devis kubogida Denis Istomin terma jamoaga birinchi ochkoni keltirdi

Bugun tennis bo‘yicha norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis kubogining Osiyo va Okeaniya mintaqasida O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreya termasi bilan uchrashdi. O‘zbekistonliklarning ikki eng kuchli tennischisi Sanjar Fayziev va Denis Istomin kortga chiqishdi, deb yozadi Sputnik nashri.

O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Sanjar Fayziev Xyon Chon bilan kuch sinashdi. Besh set davom etgan o‘yinda Fayziev 4:6, 4:6, 7:6, 6:4, 0:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi. Australian open-2017da jahonning ikkinchi raketkasi Novak Jokovichni sensasion tarzda turnirdan chiqarib yuborgan O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin esa mezbonlarning Duk Xi Li ismli tennischisiga qarshi kortga tushdi va 4:6, 6:2, 7:6, 6:4 hisobida g‘alaba qozonib O‘zbekiston terma jamoasiga birinchi ochkoni keltirdi. Ertaga juftlik bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. 5 fevral kuni o‘tkaziladigan yakkalik bahslari bilan Janubiy Koreya — O‘zbekiston o‘yini g‘olibi aniqlanadi.

Read more: https://sputniknews-uz.com/sport/20170203/4739943/dehvis-kubogida-denis-istomin-terma-zhamoaga-birinchi-ochkoni-keltirdi.html

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Devis kubogida Denis Istomin terma jamoaga birinchi ochkoni keltirdi