22:26 / 06.02.2017
6 082

O‘zbekiston termasining Turkiyadagi yig‘iniga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekiston termasining Turkiyadagi yig‘iniga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCh–2018 saralash bosqichi ikkinchi davrasiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Turkiyaning Antaliya shahrida 8–12 fevral kunlari navbatdagi o‘quv-mashg‘ulotlar yig‘inini o‘tkazadi.

Mazkur yig‘in doirasida O‘zbekiston terma jamoasi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. 10 fevral kuni Samvel Babayan shogirdlari Rossiya Premer-ligasi vakili “Amkar” klubi bilan, 11 fevral kuni esa Armanistonning “Alashkert” jamoasi bilan kuch sinashadi.

Terma jamoa bosh murabbiyi Samvel Babayan yig‘inga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Darvozabonlar: Aleksandr Lobanov (“Paxtakor”), Ignatiy Nesterov (“Lokomotiv”), Eldor Suyunov (“Nasaf”).

Himoyachilar: Islom To‘xtaxo‘jaev (“Lokomotiv”), Davron Hoshimov (“Paxtakor”), Rustam Ashurmatov (“Bunyodkor”), Azim Ahmedov (“Paxtakor”), Bobur Yo‘ldoshev (“Lokomotiv”), Stanislav Andreev (“Paxtakor”), Vladimir Kozak (“Paxtakor”), Akram Komilov (“Bunyodkor”), Odil Hamrobekov (“Nasaf”).

Yarim himoyachilar: Javohir Sohibov (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Bunyodkor”), Salamat Quttiboyev (“Lokomotiv”), Marat Bikmaev (“Lokomotiv”), Eldor Shomurodov (“Bunyodkor”), Jaloliddin Masharipov (“Lokomotiv”), Jamshid Iskanderov (“Paxtakor”), Ikrom Aliboyev (“Lokomotiv”), Azizjon G‘aniev (“Nasaf”), Doston Hamdamov (“Bunyodkor”).

Hujumchilar: Igor Sergeev (“Paxtakor”), Shohruz Norxonov (“Obod”).

Bo‘lajak yig‘in FIFA kunlariga to‘g‘ri kelmaganligi uchun legioner futbolchilar Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulotlariga taklif etilmadi.

Eslatib o‘tamiz, JCh–2018 saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin O‘zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Eron 11 ochko bilan birinchi, Janubiy Koreya esa 10 ochko bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda.

Manba: www.the-uff.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston termasining Turkiyadagi yig‘iniga jalb etilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi