22:33 / 06.02.2017
5 309

Sergey Lushchan: «Bunyodkor» mehmonda qanday o‘ynash kerakligini yaxshi biladi

Sergey Lushchan: «Bunyodkor» mehmonda qanday o‘ynash kerakligini yaxshi biladi

“Al-Jaish” – “Bunyodkor” uchrashuvi oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanining ikkinchi qismida “qaldirg‘ochlar” ishtirok etishdi.

Unda bosh murabbiy Sergey Lushchan va jamoa hujumchisi Eldor Shomurodov OAV vakillari savollariga javob qaytarishdi.

- Qatarga har safar tashrif buyurganimda kayfiyatim ko‘tariladi. Mehmondo‘stlik, tashkiliy ishlar va boshqalar juda yaxshi. Bizni juda muhim bo‘lgan bahs kutib turibdi. Maydonda qanday kurash kechishidan qat’inazar, birinchi navbatda muxlislar yutadigan o‘yin bo‘ladi. Uchrashuvdan keyingi kayfiyatimiz a’lo darajada bo‘lishi uchun maydonda katta kuch sarflashga tayyormiz. “Pley-off” uchrashuvini ilk bor safarda o‘tkazyapmiz. Fikrimcha, bu jihat bizga qo‘shimcha muammolar to‘g‘dirmaydi. “Bunyodkor” mehmonda o‘ynashni juda yaxshi biladi. Imkoniyatlar teng. To‘g‘ri, O‘zbekistonda hali chempionat uchrashuvlari boshlangani yo‘q. Biroq, biz bu jihatni avvaldan inobatga olib, aynan 7 fevraldagi bahsga maxsus reja asosida tayyorgarlik ko‘rdik. Jami 12 ta nazorat uchrashuvi o‘tkazdik va jamoani yanada shakllantirdik. BAAdagi sharoitlar ajoyib bo‘ldi. Qo‘l ostimdagilar Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasi qadrini juda yaxshi tushunishadi va buni yaxshi his etib turishibdi. Biz bahsga tayyormiz, - deydi Sergey Lushchan.

- “Al-Jaish”ni yaxshi o‘rgandik. Uchrashuv qanday ahamiyatga ega ekanligini yaxshi bilamiz. Ertangi raqibimiz arab diyorining eng kuchli jamoalaridan biri bo‘lsa-da, “Al-Jaish”ga hurmat saqlagan holda ularni mag‘lub etib OChL-2017 guruh bosqichiga yo‘l olmoqchimiz. Sardor Rashidov bizni qanday bilsa, o‘z navbatda biz ham uning imkoniyatlarini va mahoratini juda yaxshi bilamiz. Faqat g‘alaba uchun maydonga chiqamiz, - deydi Eldor Shomurodov.

Manba: www.fcbunyodkor.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sergey Lushchan: «Bunyodkor» mehmonda qanday o‘ynash kerakligini yaxshi biladi