23:09 / 07.02.2017
5 210

«Nasaf» OChL–2017 guruh bosqichiga chiqa olmadi

«Nasaf» OChL–2017 guruh bosqichiga chiqa olmadi

Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining so‘nggi saralash bosqichida Saudiya Arabistonining «Al-Fath» klubiga qarshi safarda o‘yin o‘tkazgan Qarshining «Nasaf»klubi mag‘lubiyatga uchradi.

O‘yinda mezbonlar 1:0 hisobida g‘alabaga erishdi va turnirning guruh bosqichiga yo‘l oldi, qarshiliklar jamoasi musobaqa bilan xayrlashdi.

O‘yindagi yagona gol Monteyro tomonidan birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalar davom etayotgan vaqtda (45+2) jarima zarbasidan urildi.

Eslatib o‘tamiz, «Nasaf» o‘tish turniridagi birinchi uchrashuvida Bahrayn chempioni hisoblangan «Al-Hidd» darvozasiga javobsiz 4 ta gol urgandi.

OChL-2017, o‘tish o‘yini
«Al-Fath» - «Nasaf» — 1:0
Gol: 1:0 - 45 Monteyro
«Al-Fath»: Alovayshir, Hazazi, Al Ammar, Bulayhi, Aldavshari, Sharahili, Al Muso, Buhaymid, Al Hamad, Monteyro, Junior.
«Nasaf»: Quvvatov, Shorahmedov, Karimov, G‘aniev, Abdurahimov, Golban, A’zamov, Hamrobekov, Sayfiev, Narzullaev, Cheran.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Nasaf» OChL–2017 guruh bosqichiga chiqa olmadi