«Barselona» o‘z maydonida «Bavariya»ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi

  • 07 may 2015, 01:46
  • 4 381
  • Sport
  • «Barselona» o‘z maydonida «Bavariya»ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi

    Evropa Chempionlar ligasi musobaqasining yarim final dastlabki uchrashuvlaridan o‘rin olgan "Barselona" hamda "Bavariya" klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi, deb xabar bermoqda Uff.uz.

    Unda 3:0 hisobi qayd etilib, kataloniyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

    Ikki golni argentinalik hujumchi Lionel Messi kiritdi. Darhaqiqat, ushbu gollar bir-biridan chiroyligi bilan o‘yinni bezab berdi.

    Bevosita uchrashuv maydon egalarining shiddatli hujumlari bilan boshlandi. Ayniqsa, Luis Suaresda bir qancha vaziyatlar sodir etildi. Urugvaylik futbolchiga ko‘p jihatdan omad etishmadi. Katta sahnaga Messi chiqqach, hammasi joy-joyiga tushdi.

    O‘yinga qo‘shib berilgan vaqtda Neymar uchinchi golni kiritib, amalda o‘yin taqdirini hal qildi.

    Shu tariqa "Barselona" javob o‘yini oldidan ajoyib imkoniyatga ega bo‘ldi.

    Evropa Chempionlar ligasi, yarim final
    Barselona Ispaniya – Bavariya Germaniya 3:0

    Gollar: 1:0 – 77 Messi, 2:0 – 80 Messi, 3:0 – 90+1 Neymar.
    Barselona – ter Stegen, Dani Alves, Buskets, Pike, Alba, Inesta (Rafinya, 87), Maskerano (Bartra, 89), Rakitich (Xavi, 82), Neymar, Messi, Suares.
    Bavariya – Noyer, Boateng, Bernat, Benatiya, Lam, Alkantara, Xabi Alonso, Rafinya, Shvaynshtayger, Myuller (Getse, 79), Levandovski.
    Ogohlantirishlar: Xabi Alonso (35), Dani Alves (46), Benatiya (52), Bernat (56), Pike (66), Neymar (69).

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «Barselona» o‘z maydonida «Bavariya»ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi