10:48 / 09.02.2017
5 485

«Barselona» Luis Suaresning qizil kartochkasi yuzasidan CAS'ga murojaat qilishga tayyor

«Barselona» Luis Suaresning qizil kartochkasi yuzasidan CAS'ga murojaat qilishga tayyor

«Barselona» rahbariyati "Atletiko"ga qarshi Ispaniya kubogining yarim final javob o‘yinida Luis Suaresga ko‘rsatilgan qizil kartochkani bekor qilish yuzasidan jiddiy ishga kirishdi, deb yozadi Std.uz sayti.

Urugvaylik futbolchi bahsning 90-daqiqasida to‘p uchun kurashda qo‘li bilan raqibning yuziga tekkani bois maydondan chetlatilgandi. Suaresning o‘zi va klub vakillari bu vaziyatda futbolchi ataylab zarba berish maqsadida harakat qilmaganini ta’kidlashmoqda.

Dastlab «Barselona» futbolchining chetlatilishi yuzasidan Ispaniya futbol federasiyasiga shikoyat beradi. Agar jamoa talabi qondirilmasa, kataloniyaliklar Federasiyaga apellyasiya tartibida murojaat qiladi. Shunda ham «Barselona»ga rad javobi berilsa, klubi Lozanna shahridagi Sport arbitraj sudiga murojaat qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» Ispaniya kubogi finaliga chiqdi va unda «Alaves»ga qarshi bahs olib boradi. Luis Suaresning qizil kartochkasi bekor qilinmasa, futbolchi finalda ishtirok eta olmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Barselona» Luis Suaresning qizil kartochkasi yuzasidan CAS'ga murojaat qilishga tayyor