21:03 / 07.05.2015
5 781

Aleksis Sanches o‘zbek palovining muxlisi bo‘lib qoldi

Aleksis Sanches o‘zbek palovining muxlisi bo‘lib qoldi

Londonning "Arsenal" jamoasi hujumchisi Aleksis Sanches shahardagi o‘zbek taomlari choyxonasiga palov tanovvul qilish uchun tez-tez tashrif buyurishi ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Kun.uz.

Feysbukdagi Only in Uzbekistan guruhiga buni tasdiqlovchi suratlar hamda ma’lumotlar joylashtirilgan.

"Londonda faoliyat ko‘rsatuvchi o‘zbekistonlik Umar va Vohid ismli aka-uka oshpaz chililik futbolchi Aleksis Sanchesning do‘stlari hisoblanadi. Bu oshpazlar palov orqali Sanchesning ko‘ngliga yo‘l topishgan. Endi futbolchi "Marvarid" choyxonasiga kelib, do‘stlari bilan osh ustida suhbat quradi", deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aleksis Sanches o‘zbek palovining muxlisi bo‘lib qoldi