Xalqaro futbol federasiyasi (FIFA) terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi 554 ochko bilan 63-o‘rinda qayd etildi, deb yozadi Kun nashri.
Qayd etish kerakki, terma jamoa avvalgi oydagi ko‘rsatkichiga nisbatan 2 pog‘ona pastlagan.
O‘zbekiston OFKga a’zo terma jamoalar orasida 6-o‘rinda qoldi. Eron 798 ochko bilan Osiyo mamlakatlari orasida peshqadamlikni saqlab qolgan. Janubiy Koreya 691 ochko bilan qit’ada 2-pog‘onani egallagan bo‘lsa, Yaponiya 629 ochkosi bilan kuchli uchlikdan joy olgan.
Eron – 32-o‘rin;
Janubiy Koreya – 39-o‘rin;
Yaponiya – 52-o‘rin;
Avstraliya – 54-o‘rin;
Saudiya Arabistoni – 56-o‘rin;
O‘zbekiston – 63-o‘rin;
BAA– 68-o‘rin.
JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichida O‘zbekiston bilan bir guruhdan o‘rin olgan Qatar o‘z o‘rnini saqlab qoldi. Xitoy 5 pog‘ona pastlagan bo‘lsa, Suriya terma jamoasi 3 o‘ringa ko‘tarildi.
Qatar — 85-o‘rin;
Xitoy — 86-o‘rin;
Suriya — 93-o‘rin.
FIFA reytingida hamon Argentina (1635 ochko) etakchilik qilmoqda. Ikkinchi o‘rinni Braziliya (1529 ochko) egallab turgan bo‘lsa, uchinchi o‘rinda Germaniya (1433 ochko) joylashgan.
Jadvalda 4–10-o‘rinlarni mos ravishda Chili, Belgiya, Fransiya, Kolumbiya, Portugaliya, Urugvay va Ispaniya terma jamoalari band etgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi