00:12 / 10.02.2017
5 852

Luis Suares 2ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

Luis Suares 2ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi

«Barselona» hujumchisi Luis Suares Ispaniya futbol federasiyasi tomonidan 2ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi, deb yozmoqda Std.uz sayti.

Urugvaylik hujumchi Ispaniya kubogi doirasida "Atletiko"ga qarshi o‘yinda qo‘pol harakati uchun maydondan chetlatilgandi. Shu bois, tartib-intizom qo‘mitasi unga nisbatan shunday jazo qo‘llash haqida qaror chiqardi. Endi "ko‘k-anorranglilar" hujumchisi "Alaves"ga qarshi kechadigan Ispaniya kubogi final bahsida ishtirok eta olmaydi.

«Barselona» mazkur qaror yuzasidan apellyasiya qo‘mitasiga shikoyat kiritish huquqiga ega. Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, klub shikoyatni tayyorlamoqda.

«Barselona» va «Alaves» o‘rtasidagi Ispaniya kubogi final bahsi 27 may kuni bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Luis Suares 2ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi