23:30 / 11.02.2017
6 892

O‘zbek yigiti zarbalariga 15 yil yutqazmagan raqibi dosh bera olmadi

O‘zbek yigiti zarbalariga 15 yil yutqazmagan raqibi dosh bera olmadi

Singapurdagi professional boks kechasining asosiy jangida Azizbek Abdug‘ofurov (4-0-0, 4 KO) WBC yo‘nalishi bo‘yicha Asian Boxing Council middleweight title - Osiyo chempionlik kamarini tailandlik Sirimongkol Eamtuamdan (91-0-2, 57 KO) himoya qildi.

Azizbek Abdug‘ofurov professional ringdagi dastlabki to‘rt jangida kuchli raqiblarga qarshi jang o‘tkazganiga qaramay ularni nokautga uchratgan edi. WBC yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionligi kamari sohibi bo‘lgan bu bokschimiz bugun ushbu sovrinini ilk bor himoya qiladi. Azizbek uchun hozirgacha faoliyatidagi eng muhim jang bo‘lgan ushbu bahsda o‘ta kuchli bokschiga ro‘baro‘ keldi.

Sirimongkol Eamtuam professional ringda 93 ta jang o‘tkazib, 91 marta zafar quchgan, shulardan 57 tasida raqiblarini muddatidan oldin engib, katta tajriba to‘plagan. Sirimongkol Eamtuam bir necha marta turli vaznlarda jahon chempionligiga sazovor bo‘lgan va uni qariyb 15 yildan buyon hech kim enga olmayotgan edi.

Azizbek Abdug‘ofurovni ushbu jangga tayyorlagan murabbiy Ilgar Alievning SPORTS.uz axborot portaliga ma’lum qilishicha, ikki bokschi o‘rtasidagi 12 raundlik jang keskin va murosasiz kurashlar ostida o‘tdi.

To‘liq davom etgan jangda Azizbek o‘z ustunliklarini ishga soldi va tajribali raqibini ochkolar hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bu gal o‘zbek yigiti zarbalariga 15 yil yutqazmagan raqibi dosh bera olmadi
Uzoq yillardan buyon raqiblarini engib kelgan Sirimongkol Eamtuam bu gal o‘zbek yigitining zarbalariga chap berolmadi va Azizbek o‘z kamarini munosib himoya qildi.

Manba: sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbek yigiti zarbalariga 15 yil yutqazmagan raqibi dosh bera olmadi