«PSJ» «Barselona»ga qaqshatqich zarba berdi

  • 15 fevral 2017, 08:35
  • 3 787
  • Sport
  • «PSJ» «Barselona»ga qaqshatqich zarba berdi

    «PSJ» futbol klubi Chempionlar ligasining 1/8 finali doirasida «Barselona»ni birinchi uchrashuvda mag‘lubiyatga uchratdi. Parijdagi «Park de Prens» stadionida kechgan bahs 4:0 hisobida yakunlandi, deb yozadi Kun nashri.

    Birinchi bo‘lim o‘rtalarida Anxel Di Mariya jarima maydonchasi ichidan kuchli zarba berib hisobni ochdi. 40-daqiqada Yulian Draksler Marko Verrattining to‘p uzatishidan so‘ng hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.

    60-daqiqada Di Mariya «Barselona» darvozasining chap to‘qqizligiga aniq zarba berib, hisobni yanada yiriklashtirgan bo‘lsa, Tomas Mene 71-daqiqada Edinson Kavaniga ajoyib to‘p uzatishini amalga oshirdi hamda u yaqin burchakni aniq nishonga oldi – 4:0.

    Javob bellashuvi 8-mart kuni Barselonadagi «Kamp Nou» stadionida bo‘lib o‘tadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «PSJ» «Barselona»ga qaqshatqich zarba berdi