07:46 / 16.02.2017
5 380

«Real» o‘z maydonida «Napoli»ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi

«Real» o‘z maydonida «Napoli»ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi

Evropa Chempionlar ligasi musobaqasining 1/8 finalidan o‘rin olgan "Real" Madrid hamda "Napoli" klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi, deb yozadi Uff.uz sayti.

Unda 3:1 hisobi qayd etilib, madridliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Dastlab, hisobni Insine 8-daqiqadayoq ochdi va "Napoli"ni oldinga olib chiqdi. Ammo, shundan keyin "Real" o‘ziga keldi va ketma-ket uchta gol urishga erishdi. Benzema boshlab bergan gollarni Kroos va Kazemiro davom ettirishdi.

Krishtianu Ronaldu o‘zining tezkor xatti-harakatlari bilan ajralib turdi va bitta golga uzatmani amalga oshirdi.

Umuman olganda o‘yin maydon egalarining ustunligi ostida o‘tdi va "Real" javob uchrashuvi oldidan yaxshi imkoniyatga ega bo‘ldi.

EChL, 1/8 final
Real Madrid Ispaniya – Napoli Italiya 3:1

Gollar: 0:1 – 8 Insine, 1:1 – 18 Benzema, 2:1 – 49 Kroos, 3:1 – 54 Kazemiro.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Karvaxal, Ramos (Pepe, 71), Modrich, Kazemiro, Kroos, Xames (Vaskes, 76), Ronaldu, Benzema (Morata, 82).
Napoli – Reyna, Albiol, Gulyam, Xyusay, Kulibali, Mertens, Zelinski (Allan, 75), Kalexon, Gamshik (Milik, 84), Insine, Diavara.
Ogohlantirishlar: Ramos (17), Zelinski (38), Modrich (52), Mertens (76).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» o‘z maydonida «Napoli»ni 3:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi