07:41 / 17.02.2017
5 924

Xavi: «Barselona» «PSJ»ga yirik hisobda yutqazganiga jiddiy qaramaslik lozim. Axir bu futbol

Xavi: «Barselona» «PSJ»ga yirik hisobda yutqazganiga jiddiy qaramaslik lozim. Axir bu futbol

"Barselona" klubi sobiq yarim himoyachisi Xavi Ernandes kataloniyaliklar Chempionlar ligasida "PSJ"dan yirik hisobda mag‘lubiyatga uchraganiga jiddiy qaramasligini ma’lum qildi. Eslatib o‘tamiz, "Barselona" safarda "PSJ"dan 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

"Albatta men biroz xafa bo‘ldim, bunaqasini kutmagandim. "PSJ"ga qarshi kechgan o‘yin natijasi meni juda hayron qoldirdi.

Ammo shuni ham aytish lozim, "PSJ" bemisl darajada yaxshi o‘yin namoyish qildi. Bu shubhasiz ularning tarixidagi eng yaxshi o‘yin bo‘ldi.

Nima bo‘lgan taqdirda ham bunga jiddiy qaramaslik lozim, axir bu futbol. Ba’zan raqib sendan ko‘ra yaxshiroq o‘ynaydi", - deydi Xavi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xavi: «Barselona» «PSJ»ga yirik hisobda yutqazganiga jiddiy qaramaslik lozim. Axir bu futbol