Aralash qoidalar bo‘yicha ikki vazn toifasida yagona jahon chempioni Konor Makgregor hamda yengilmas bokschi sifatida faoliyatini yakunlagan Floyd Meyvezer o‘rtasidagi jang o‘tkaziladigan ko‘rinadi, deb yozadi Olamsport.com.
Irlaniyaning The Irish Sun nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, UFC jangchisi hamda amerikalik bokschi shartnoma imzolash arafasida. Makgregor Irlandiya poytaxti Dublin shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan barcha uchrashuvlarni bekor qilib, Las-Vegasga muzokaralar uchun yo‘l olgan.
“Las-Vegasda juda ham ishlarim ko‘p. Birinchi navbatda bokschilik lisenziyamni qabul qilib olishim kerak. Keyin esa Floydni topib, u bilan barcha masalaga nuqta qo‘yishim lozim”, – dedi Makgregor.
Ma’lumotlarga qaraganda, yaqin ikki hafta ichida Floyd va Konor jang yuzasidan shartnomaga imzo chekishadi. Bo‘lajak jang boks qoidalari asosida o‘tkaziladi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi