14:59 / 17.02.2017
8 187

Shahram G‘iyosov shou-biznesda ham o‘zini sinab ko‘rdi

Shahram G‘iyosov shou-biznesda ham o‘zini sinab ko‘rdi

2016 yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik sportchilarning ishtiroki va qo‘lga kiritgan mukofotlari katta shov-shuvga aylangani sir emas. 13 nafar sportchining sovrinli o‘rinlarni egallab, oltin, kumush va bronza medallar bilan O‘zbekistonga qaytishi g‘urur bag‘ishladi.

Ayni vaqtda Olimpiada g‘oliblari nafaqat sportda, balki san’at va madaniyat sohalarida ham faollik ko‘rsatib, konsert dasturlarida, suratga olish ishlarida ham ishtirok etishga ulgurishyapti. Ana shunday sportchilardan biri Shahram G‘iyosov.

Shahram G‘iyosovning Instagram’dagi sahifasi diqqatimizni tortdi. Sportchi taxminan 1 hafta avval xonanda Shahzodaning klipi suratga olinayotgan maydondan olingan fotosuratni ijtimoiy tarmoqqa joylagan. Bu orqali Shahram G‘iyosov Shahzodaning klipida rol ijro etayotganligini taxmin qilish mumkin edi. Bir necha kun avval sportchi joylagan videosi orqali esa bu taxmin o‘z tasdig‘ini topdi, deb yozadi Qalampir.uz sayti.

Yaqindagina “E’tirof” mukofotini qo‘lga kiritgan Shahzoda va Dr.Costi ijrosidagi “Billionaire” dueti muxlislar tomonidan iliq kutib olingan bo‘lsa, endilikda qo‘shiqqa suratga olingan videoklip yanada katta qiziqishlarga sabab bo‘lmoqda.

Yangi yil bayramidan so‘ng, Dubayga sayohat qilgan Shahzoda Instagram’dagi sahifasi orqali u erda mazkur duetga klip suratga olingani haqida ma’lum qilgandi. Suratga olish ishlari Toshkentda ham davom ettirildi va premera qilinishi kutilmoqda. Noodatiy tarzda suratga olingan klipda Shahram G‘iyosovning ishtirokiga baho berish fursati yaqin.

Sportchi o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali yana bir ma’lumotni oshkor qildi. Futbol sport turiga ham befarq bo‘lmagan Shahram G‘iyosov Madridning “Real” klubiga muxlislik qiladi. Uning Olimpidada g‘alabaga erishgan chog‘ida o‘z g‘alabasini xuddi Krishtianu Ronaldodek nishonlagani ham bunga yaqqol misol.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosov shou-biznesda ham o‘zini sinab ko‘rdi