11:10 / 18.02.2017
5 816

Sportga qaytgan Emelyanenko yakshanbaga o‘tar kechasi navbatdagi jangini o‘tkazadi

Sportga qaytgan Emelyanenko yakshanbaga o‘tar kechasi navbatdagi jangini o‘tkazadi

Rossiyalik aralash kurash jangchisi, mashhur Fyodor Emelyanenko 19 fevralga o‘tar kechasi sportga qaytgandan keyin o‘zining 3-jangini o‘tkazadi. "Oxirgi imperator"ning San-Xoseda o‘tadigan Bellator 172 musobaqasidagi raqibi amerikalik Mett Mitrion bo‘ladi, deb yozadi Kun.uz sayti.

Emelyanenko 2015 yilda uch yillik tanaffusdan keyin sport faoliyatini davom ettirishini e’lon qilgan. Shu vaqt ichida Emelyanenko 2 ta jang o‘tkazgan. U Rizin shousida o‘tgan 1-jangida hind Jaydip Singxni sanoqli daqiqalarda mag‘lub etgan.

Emelyanenko keyingi jangini Rossiyaning Fight Nights promoushen kompaniyasi nomidan 2016 yil iyunda Fabio Maldonadoga qarshi o‘tkazgan. Bu jang ko‘plab bahslarga sabab bo‘lgan, chunki ba’zilarning fikricha bu jangda Maldonadoning qo‘li baland kelgan. Jangga hakamlik qilgan rossiyalik hakamlar g‘alabani hamyurtlariga berishgan va bu ko‘plab savollar uyg‘otgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sportga qaytgan Emelyanenko yakshanbaga o‘tar kechasi navbatdagi jangini o‘tkazadi