10:15 / 18.02.2017
5 598

Ronaldo: «Barselona» meni 29 million dollarga har qanday klubga sotishga tayyor edi

Ronaldo: «Barselona» meni 29 million dollarga har qanday klubga sotishga tayyor edi

Braziliyalik afsonaviy hujumchi Ronaldo nima sababdan "Barselona"da bor yo‘g‘i bir mavsum to‘p surganini aytib o‘tdi.

"Bu men uchun ajoyib tajriba bo‘lgandi, ammo jamoada qolish imkoniyati menda bo‘lmagan. Va bunga aybdor ham men emasman.

Men klub bilan yangi shartnoma borasida kelishib qo‘ygan edi. Ispaniya chempionati tugashiga bir oy qolganida hamma narsani kelishib oldik. Ammo oradan bir hafta o‘tgach klub prezidenti va advokat meni chaqirishdi va "Barselona" bilan imzolangan shartnoma safsata ekanini aytishdi.

Klub rahbariyati meni 29 million dollar evaziga har qanday klubga sotib yuborishga tayyor turgandi. "Barselona"da muzokaralar davomida hozir ham xuddi shunday ish tutishadi", - deydi Ronaldo.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldo keyinchalik "Inter" va "Real" klublari sharafini himoya qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldo: «Barselona» meni 29 million dollarga har qanday klubga sotishga tayyor edi