12:08 / 18.02.2017
6 095

Ispaniya chempionati, 23-tur oldidan

Ispaniya chempionati, 23-tur oldidan

Kecha Ispaniya La ligasining 23-tur uchrashuvlariga start berildi. Unda bitta o‘yin o‘ytkazildi. "Granada" o‘z maydonida "Betis"ni 4:1 hisobida engdi.

Qolgan bellashuvlar bugun va ertaga bo‘lib o‘tadi.

Jumladan, unda Madridning "Real" jamoasi muxlislari qarshisida "Espanol"ni qabul qiladi. Hamshaharlari "Atletiko" safarda "Sporting Xixon" bilan o‘ynaydi. Poytaxt jamoalarining uch ochko olishlariga ko‘pchilik shubha qilmayapti.

Kataloniyaning "Barselona" jamoasi "Leganes"ga mezbonlik qiladi. Luis Enrike futbolchilari bu safar ham g‘alaba uchun maydonga chiqishadi va musobaqa jadvalida etakchilik uchun kurash olib borishadi.

Ushbu tur anonsi bilan tanishing:
23-tur
18.02.2017
00.45 Granada 4 - 1 Betis
17.00 Sporting Xixon - Atletiko Madrid
20.15 Real Madrid - Espanol
22.30 Deportivo - Alaves

19.02.2017
00.45 Sevilya - Eybar
16.00 Real Sosedad - Vilyarreal
20.15 Valensiya - Atletik Bilbao
22.30 Selta - Osasuna

20.02.2017
00.45 Barselona - Leganes

21.02.2017
00.45 Malaga - Las-Palmas

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ispaniya chempionati, 23-tur oldidan