13:31 / 19.02.2017
11 469

Boks. Uzbek Tigers Qozog‘istonda Astana Arlansga mag‘lub bo‘ldi

Boks. Uzbek Tigers Qozog‘istonda Astana Arlansga mag‘lub bo‘ldi

Jahon boks seriyasi (WSB)ning VII mavsum «C» guruhi 2-turi doirasida Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi o‘z uyida O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasiga qarshi bahs olib bordi, deb xabar beradi Hilol.uz.

Beshta jangdan iborat musobaqada qozog‘istonlik bokschilar umumiy hisobda 4:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Avvaliga 52 kg.gacha vazn toifasida Abrorjon Qodirov qozog‘istonlik O‘ljas Sattiboyevga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Besh raund yakunlariga ko‘ra, Sattiboyev 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Ikkinchi jangda 60 kg.gacha vaznda Zakir Safiullin olimpiada o‘yinlari sovrindori Murodjon Ahmadalievni mag‘lub etdi — 3:0.

Uchinchi jangda yana bir olimpiada o‘yinlari sovrindori Shahram G‘iyosov 69 kg.gacha vazn toifasida Aslanbek Shimbergenovga qarshi ringga ko‘tarildi. Dastlabki ikki raundni o‘z foydasiga hal qilgan Shahram keyingi raundlarni bo‘sh o‘tkazdi va yakunda 2:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.

81 kg.gacha vaznda esa Bektemir Meliqo‘ziev Nurdaulet Jarmanovga hech qanday imkoniyat qoldirmasdan g‘alaba qozondi — 3:0.

Biroq +91 kg vaznda ringga chiqqan Bahodir Jalolov Kamishbek Kunkabaevga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Yakuniy hisob 4:1, Astana Arlans foydasiga.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Boks. Uzbek Tigers Qozog‘istonda Astana Arlansga mag‘lub bo‘ldi