14:10 / 20.02.2017
5 503

Luis Enrike: «PSJ»ga qarshi kechadigan javob o‘yiniga g‘alaba orqali tayyorlanmoqdamiz

"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi doirasida "PSJ"ga qarshi kechadigan javob o‘yini oldidan futbolchilarda ishtiyoq yo‘qolib qolmaganini aytib o‘tdi, deb yozmoqda Uff.uz sayti. Eslatib o‘tamiz, "Barselona" Ispaniya chempionatida "Leganes"ni so‘nggi daqiqalarda Messi penaltidan urgan gol tufayli 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi.

"Biz "PSJ"ga qarshi kechadigan o‘yinga g‘alabalar orqali tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Bizda dam olish uchun vaqt bo‘ladi. Bu esa ruhiy jihatdan yaxshi holat.

O‘yinimizni kuchaytirish uchun ko‘p tahlillar qildik. Ammo faqat shuni ayta olamanki, natijadan qat’iy nazar barcha futbolchilarning ishtiyoqi juda yuqori. Bundan yaxshirog‘ini kutish ham mumkin emas", - deydi Luis Enrike.

Eslatib o‘tamiz, "Barselona" dastlabki bahsda "PSJ"dan 0:4 hisobida mag‘lub bo‘lgan edi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Luis Enrike: «PSJ»ga qarshi kechadigan javob o‘yiniga g‘alaba orqali tayyorlanmoqdamiz