00:22 / 21.02.2017
5 647

Janubiy Koreya matbuoti: JCh-2018ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish yoki chiqmasligimiz Toshkentda hal bo‘ladi

Janubiy Koreya matbuoti: JCh-2018ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish yoki chiqmasligimiz Toshkentda hal bo‘ladi

Fevral oyi ham sekin-asta tugab bormoqda. Hademay bahor boshlanadi. Unda esa, O‘zbekiston futboli o‘zining yangi mavsumini boshlaydi.

Oliy liga o‘yinlari bilan birga Osiyo Chempionlar ligasida ham klublarimiz bahslarga kirishadilar. Shu jumladan O‘zbekiston termasi ham bellashuvlarni boshlaydi. Baribir o‘zimizning futbol boshqacha, unga o‘zgacha qaraymiz.

Yaxshi bilasiz, shu yilning 23 mart sanasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kuala-Lumpur shahridagi "Tuanku Abdul Rahman Stadium" o‘yingohida Suriya termasiga qarshi bu yilning eng muhim uchrashuvlarini boshlab beradi. OFK tomonidan Suriyadagi siyosiy vaziyat tufayli terma jamoa o‘yinlarini boshqa neytral xududda o‘tkazishga qaror qilingan. O‘sha kuni bizni judayam noqulay bo‘lgan raqib va boz ustiga maydonning chimi uncha yaxshi bo‘lmagan stadionda kutib oladi.

Lekin, bugun biz bu haqida yozmoqchi emasmiz. U haqida hali ko‘p marotaba to‘xtalib o‘tamiz.

Bugun e’tiboringizga Koreya futboliga oid bir ma’lumotni havola etamiz. Uni Seulda xizmat yuzasidan bo‘lib turgan o‘zbekistonlik muxlislarimiz yuborishdi.

O‘tgan dam olish kunlari mahalliy telekanallarning birida Janubiy Koreya termasining JCh-2018 saralash bosqichidagi ishtiroki muhokama qilingan. Ko‘rsatuvda ko‘p mavzular bayon qilingan, ammo u erda bizga tegishli quyidagi qismi bor:

"Uli Shtilike shogirdlarini 2017 yilda juda muhim o‘yinlar kutmoqda. Bundan 3-4 yil avval biz JCh saralashlarining bu bosqichidan bemalol o‘tishimizni va hattoki 2-o‘rin sohibidan bir nechta ochkoga o‘tib ketishimizni bilar edik. Afsuski, endi unday deya olmaymiz. Sababi, Osiyoda futbol o‘sayapti. Barcha jamoalar salohiyatga ega bo‘lib bormoqda.

Bugungi kungi ahvolimiz bizni kutilmaganda etakchiga yoki autsayderga aylantirishga qodir. Ha, guruhdan chiqish chiqmasligimiz oxirgi o‘yinlarda hal bo‘lishi mumkin.

JCh-2018 musobaqasinig 3-saralashida "Taegeuk Warriors"ga asosan Eron, O‘zbekiston va Marchelo Lippisi bor Xitoy termalari qarshilik ko‘rsatadi. Endi termamiz bironta ham ochko yo‘qotishga haqqi yo‘q. Chunki, har qanday boshqa raqiblarimizda yuqorilash imkoni saqlanib turibdi.

Sardor Ki Son Yon va uning jamoadoshlariga ko‘p narsa bog‘liq bo‘ladi. Mundialga borish uchun hozirdan tayyorgarlik ko‘rish kerak. Agar vaziyatni real baholaydigan bo‘lsak, 5 sentyabr kuni bo‘ladigan o‘yin Janubiy Koreyaning taqdirini hal qiladi.

O‘sha kuni O‘zbekiston termasiga qarshi Toshkentda o‘yin bo‘lib o‘tadi. O‘rta Osiyo vakillari bu safar borlarini berishadi. Buni taxmin qilish qiyin emas. O‘zi, Toshkentda o‘tadigan o‘yinlar hamisha oson kechmagan.

O‘zbekiston ham anchadan beri mundialni orzu qilyapti, Toshkentdagi o‘yin biz uchun qiyin bo‘lishi aniq.

Shunday ekan, ishni sentyabrgacha qoldirmaslik lozim va bahor-yozda bo‘ladigan dastlabki 4 ta o‘yinda 12 ochkoga yig‘ib olishimiz kerak.

Eron va O‘zbekiston termalari oxirigacha kurash olib boradi", - deyildi mahalliy TV kanallarining birida ketgan futbolga oid ko‘rsatuvda.

Ko‘rib turganingizdek, guruhimizdagi barcha terma jamoa JCh-2018 ga chiqishni istayapti. Lekin, bu baxt faqatgina 2 ta jamoaga nasib etadi. Uchinchisi uzoq yo‘lni bosib o‘tishi kerak. Uchinchi termani "Avstraliya", "Yamayka" yoki "AQSh" degan davonlar kutadi.

Biz ham o‘z navbatida tayyorgarlik ishlarini birpasga ham susaytirmasligimiz lozim. Eng munosib futbolchilarni tanlab olib, bosh jamoamizga jalb etishimiz lozim.

Umid qilamiz, hammasi yaxshi bo‘ladi!


Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Janubiy Koreya matbuoti: JCh-2018ga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish yoki chiqmasligimiz Toshkentda hal bo‘ladi