00:37 / 21.02.2017
5 613

Sergey Lushchan: "Raqibni etarli darajada o‘rganib chiqdik"

Sergey Lushchan: "Raqibni etarli darajada o‘rganib chiqdik"

«Al-Ahli» – «Bunyodkor» uchrashuvi oldidan har ikkala jamoa bosh murabbiylari va bittadan etakchi futbolchi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tadbirning birinchi qismida «Bunyodkor» ustozi Sergey Lushchan va futbolchi Otabek Shukurov OAV vakillari savollariga javob qaytarishdi.

- Avvalo, mehmondo‘stlik va bizga yaratib berilayotgan sharoitlar uchun tashkilotchilarga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildirmoqchiman. O‘ylaymanki, ertangi bahsda har ikkala jamoa ham katta kuch bilan o‘yin ko‘rsatib, eng avvalo muxlislarga yoqadigan, sifatli futbol namoyish etishadi.

«Al-Ahli» juda kuchli jamoa. Ularni etarli darajada o‘rganib chiqdik. Kuchli va kuchsiz jihatlarini tahlil qilib, kerakli xulosalarni chiqarib oldik. «Al-Ahli» o‘z uyida ko‘p ming sonli muxlislari qarshisida to‘p tepadi. Lekin o‘ylaymanki, bu jihatni biz uchun salbiy tomonini ko‘rmayapman, - deydi Sergey Lushchan.

- Chempionlar ligasining guruh bosqich uchrashuvlari boshlanmoqda. «Al-Ahli» bilan uchrashuvga puxta tayyorgarlik olib bordik. Avvalo o‘zimizni juda yaxshi tayyorlaganmiz. Qolaversa, raqibni ham etarli darajada o‘rganib chiqdik. Asosiy maqsadimiz uch ochko. Yurtimizga g‘alaba bilan qaytish uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz, - deydi Otabek Shukurov.

Manba: www.bunyodkor.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Sergey Lushchan: "Raqibni etarli darajada o‘rganib chiqdik"