Yan Oblak “Barselona” hujum chizig‘idan qo‘rqmasligini ma’lum qildi

  • 16 may 2015, 19:05
  • 4 233
  • Sport
  • Yan Oblak “Barselona” hujum chizig‘idan qo‘rqmasligini ma’lum qildi

    “Atletiko” klubi darvozaboni Yan Oblak Primeraning 37-turida “Barselona”ga qarshi kechadigan uchrashuvda “kataloniyaliklar” hujum chizig‘idan joy olgan Messi, Neymar hamda Suaresdan qo‘rqmayotganini ta’kidladi, deb yozadi Kun.uz.

    “Men bu o‘yinchalardan qo‘rqmayman. Lekin ularga qarshi harakat qilish oson bo‘lmasligini tan olaman. Biroq men yolg‘iz emasman. Qarshimda menga yordam beradigan jamoa bor. Men raqibning barcha zarbalarini bartaraf etishga harakat qilaman”, – dedi Oblak.

    Chempionat tugashiga 2 tur qolganida “Atletiko” 77 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. “Barselona” esa 90 ochko to‘plagan holda musobaqada peshqadamlik qilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Yan Oblak “Barselona” hujum chizig‘idan qo‘rqmasligini ma’lum qildi