16:17 / 21.02.2017
4 923

Kristian Gross: «Bunyodkor» himoyadan hujumga tezlik bilan o‘tadigan klub

Kristian Gross: «Bunyodkor» himoyadan hujumga tezlik bilan o‘tadigan klub

“Al-Ahli” – “Bunyodkor” uchrashuvi oldidan har ikkala jamoa bosh murabbiylari va bittadan etakchi futbolchi ishtirokida matbuot anjumani tashkil etildi.

Matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar vakillari bosh murabbiy Kristian Gross hamda yarim himoyachi Abdul-Amir Saad ishtirok etishdi.

– Bizni O‘zbekistonning kuchli jamoasiga qarshi bahs kutib turibdi. Bir paytlarda ushbu jamoani jahonga mashhur Skolari boshqargan. Bu klub haqida o‘shanda eshitgandim. “Bunyodkor”ning himoya chizig‘i juda yaxshi o‘ynaydi va ular hujumlarga tezlik bilan o‘tadigan klub. Bunday jamoalarga qarshi qarshi hujumda ehtiyot bo‘lish kerak. Guruhimizdagi hech bir jamoani ajratib o‘tmoqchi emasman – hamma kuchli jamoalar jamlangan. O‘ylashimcha, ushbu guruhdan keyingi bosqichga chiqish uchun kamida 10 ochko jamg‘arish kerak bo‘ladi. Chempionatdagi so‘nggi ikki uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsak-da, maqsadimiz o‘zgarmaydi – o‘zimiz ishtirok etadigan barcha musobaqalarda g‘olib chiqish, – deydi “Al-Ahli”ning shveysariyalik bosh murabbiyi Kristian Gross.

– Biz bosim ostidamiz. Chunki chempionatdagi so‘nggi ikki uchrashuvda yutqazib qo‘ydik. Qolaversa, asosiy raqibimizni musobaqa jadvalida oldinga o‘tkazib yubordik. Shuningdek, o‘z maydonimizda mag‘lub bo‘lganimiz juda alamli. “Al-Ahli”ning Jiddada yutqazishiga hech qanday haqqi yo‘q. Shunday ekan, ertangi bahsda g‘alaba faqat va faqat g‘alaba uchun maydonga tushamiz, – deydi “Al-Ahli”ning iroqlik legioner futbolchisi Abdul-Amir Saad.

Manba: www.fcbunyodkor.com

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kristian Gross: «Bunyodkor» himoyadan hujumga tezlik bilan o‘tadigan klub