Chexiyada bo‘lib o‘tayotgan xokkey bo‘yicha Jahon chempionatining birinchi yarimfinalida Kanada terma jamoasi musobaqa mezboni Chexiya termasi ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi, deb yozmoqda Kun.uz.
Musobaqaning guruh bosqichida Olimpiya chempionlari mezbonlarni 6:2 hisobida yutgan edi. Kanada termasi ushbu chempionatda ishonchli tarzda g‘alabalarga erishmoqda va musboqaning oltin medallarini qo‘lga kiritish uchun asosiy da’vogar hisoblanmoqda.
Shimoliy Amerika vakillari uchrashuvning 9-daqiqasida hisobni ochishga muvaffaq bo‘lishdi: Krosbi oshirgan shaybadan keyin Xoll Chexiya darvozaboni Pavelesning darvozasiga shayba kiritdi. Kanadaliklar hujum uyushtirishda davom etdilar. Biroq kanadaliklarning ikkinchi shayba kiritishlarini uzoq kutishga to‘g‘ri keldi.
O‘yinning 30-daqiqasida chexlar ikkinchi shaybani o‘tkazib yuborishdi. Musobaqaning eng yaxshi to‘purari Spessa Chexiya termasi darvozasining burchagiga shayba kiritdi.
Shu tariqa, Kanada finalda musobaqaning bosh sovrini uchun Rossiya bilan 2009 yildan beri ilk marta bellashadigan bo‘ldi. Uchrashuv 17 may kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH politsiyachilarining «aqlli qarori» Legoga ma’qul kelmadi
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
AQSH rasmiylari: Millionlab amerikaliklar xitoylik hakerlar hujumiga uchragan
Dubay hukmdorining eng go‘zal qizi qanday hayot kechiradi?
«Tolibon» Moskvadagi terakt tashkilotchilarini yo‘q qilishga va’da berdi
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi
Rossiya G‘azoga 29 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi
Rossiya Ukrainaning harbiy dron yig‘uv inshootlarini yo‘q qildi