00:33 / 22.02.2017
5 875

“Bunyodkor” ham OChL–2017 musobaqasini mag‘lubiyat bilan boshladi

“Bunyodkor” ham OChL–2017 musobaqasini mag‘lubiyat bilan boshladi

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 musobaqasi “S” guruhi 1-turidan o‘rin olgan Jiddaning “Al-Ahli” va Toshkentning “Bunyodkor” klublari o‘rtasidagi o‘yin o‘z yakuniga etdi.

Prince Abdullah al-Faisal Stadium maydonida o‘tgan bellashuvda saudiyaliklar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 13-daqiqasida Al Soma hisobni ochgan bo‘lsa, 53-daqiqada Samlan Muvashar hisobni oshirdi. Uchrashuvda boshqa gollar kiritilmadi va “qaldirg‘ochlar” 2017 yilgi Osiyo chempionlar ligasini mag‘lubiyat bilan boshladi.

Mazkur guruhdan o‘rin olgan yana bir o‘yinda BAAning “Al-Ayn” klubi o‘z maydonida Eronning “Zob Ahan” jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

OChL–2017. “S” guruhi, 1-tur

“Al-Ahli” (Saudiya Arabistoni) – “Bunyodkor” (O‘zbekiston) 2:0

Gollar: Al Soma (13), Salman Muvashar (53)

Ogohlantirishlar: Al Bassas (84) – Ahmadaliev (67)

“Al Ahli”: Al Musaylim, Salman Muvashar, Al Jassim, Umar Al Soma (Aseri, 90), Yannis Fetfatsidis (Al Bassas, 71), Muhammad Abdulshafi, Said Al Muvallad, Mutaz Havsavi, Said Rubaie, Abdulfattoh Tovfiq (Al Mogahvi, 79), Saad Abdulamir.

“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Rustam Ashurmatov, Akram Komilov, Dushan Michich, Javlon Ibrohimov, Shahzod Nurmatov (Vadim Chemirtan, 56), Eldor Shomurodov, Dostonbek Hamdamov, Nurillo To‘xtasinov (Javohir Esonqulov, 72), Ahmadaliev, Otabek Shukurov (Alisher Sanoyev, 61).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Bunyodkor” ham OChL–2017 musobaqasini mag‘lubiyat bilan boshladi