07:06 / 22.02.2017
5 675

«Etixad Stedium»dagi gollar shousi yoxud «Manchester Siti» klubi «Monako» ustidan irodali g‘alabaga erishdi

«Etixad Stedium»dagi gollar shousi yoxud «Manchester Siti» klubi «Monako» ustidan irodali g‘alabaga erishdi

Evropa chempionlar ligasi 1/8 finali ilk bahsidan o‘rin olgan “Manchester Siti” – “Monako” uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Gollarga boy kechgan ushbu uchrashuvda “shaharliklar” irodali g‘alabaga erishdilar.

Uchrashuvning 26-daqiqasida Rahim Sterling o‘yindagi hisobni ochgan bo‘lsa, 32-daqiqada Radamel Falkao muvozanatni tikladi. Birinchi bo‘lim yakunlanishiga besh daqiqa qolganida Kilian Mbappe mehmonlarni oldinga olib chiqdi, deb yozadi Uff.uz sayti.

Ikkinchi bo‘lim boshida Falkao penaltini aniq amalga oshira olmadi. 58-daqiqada Aguero hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tib Falkao o‘yindagi dublini nishonladi. 71-daqiqada Aguero o‘z imkoniyatini yo‘qqa chiqarmadi, 77-daqiqada esa Jon Stouns “Siti”ni ikkinchi bor hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning 82-daqiqasida Leroy Sane o‘yindagi yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Evropa chempionlar ligasi.

1/8 final, Ilk o‘yin


Manchester Siti (Angliya) – Monako (Monako) 5:3

Gollar: 1:0 – 26 Sterling, 1:1 – 32 Falkao, 1:2 – 40 Mbappe, 2:2 – 58 Aguero, 2:3 –61 Falkao, 3:3 – 71 Aguero, 4:3 – 77 Stounz, 5:3 – 82 Sane.

Manchester Siti – Kabalero, Stounz, Otamendi, Sanya, Fernandino (Sabaleta, 62), de Bryuyne, Ture, Silva, Sane, Sterling (Navas, 89), Aguero (Fernando, 87).

Monako – Subashich, Glik, Fabino, Mendi, Radji, Lemar, Bernardu Silva (Moutinyu, 85), Mbappe (Jermen, 79), Bakayoko (Dirar, 88), Sidibe, Falkao.

Ogohlantirishlar:Glik (8), Sidibe (25), Aguero (35), Fernandino (40), Otamendi (49), Bakayoko (55), Falkao (67), Sabaleta (73), Bernardu Silva (76), Fabino(81).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Etixad Stedium»dagi gollar shousi yoxud «Manchester Siti» klubi «Monako» ustidan irodali g‘alabaga erishdi