10:47 / 22.02.2017
5 458

Serxio Aguero: Gvardiola menga ishonch bildirishni boshladi

Serxio Aguero: Gvardiola menga ishonch bildirishni boshladi

Serxio Aguero «Manchester Siti» jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola haqida o‘z fikrlarini bildirdi, deb yozadi Uff.uz sayti.

Argentinalik hujumchining so‘zlariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis futbolchiga hozircha yaxshi munosabatda bo‘layotgani haqida aytib o‘tdi.

«Gvardiola bilan munosabatlarimiz a’lo darajada, lekin maydonga kimni tushurishni u hal qiladi. Shu sababdan o‘z ustimda tinimsiz ishlayabman va Pep menga ishonch bildirishni boshladi.

Keyingi uchrashuvlarda natija uchun bor kuchimni sarflashga harakat qilaman», — deydi Aguero Goal.com saytiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Serxio Aguero kechagi o‘yinda «Manchester Siti»ning ikki goliga mualliflik qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Serxio Aguero: Gvardiola menga ishonch bildirishni boshladi