«Real» safarda «Valensiya»ga yutqazib qo‘ydi

  • 23 fevral 2017, 06:54
  • 3 946
  • Sport
  • «Real» safarda «Valensiya»ga yutqazib qo‘ydi

    Ispaniya chempionati 16-turining qoldirilgan bahsi «Valensiya» – «Real Madrid» uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. «Mestalya»da bo‘lib o‘tgan o‘yinda «Valensiya» «Qirollik klubi»ni mag‘lubetdi, deb yozadi Uff.uz sayti.

    Uchrashuv debyutidayoq mezbonlar madridliklar darvozasini ikki bor ishg‘ol etdilar. 4-daqiqada Simone Zaza hisobni ochgan bo‘lsa, oradan besh daqiqa o‘tib Fabian Orelyana oradagi farqni oshirdi.

    Birinchi bo‘lim yakunlanishiga bir daqiqa qolganida Krishtiano Ronaldu hisobni qisqartirdi.

    Shu tariqa «Real» bitta o‘yin zaxirasi bilan birinchi o‘rinda turibdi va «Barselona»dan bir ochko ko‘proq jamlagan.

    Ispaniya chempionati, 16-tur

    Valensiya – Real Madrid 2:1


    Gollar: 1:0 – 4 Zaza, 2:0 – 9 Orelyana, 2:1 – 44 Ronaldu.

    Valensiya – Diego Alves, Garay, Gayya, Joau Kanselu, Mangalya, Parexo, Peres, Orelyana (Soler, 56), Nani (Sikeyra, 39), Zaza (Suares, 74), Munir.

    Real Madrid – Navas, Varan (Nacho, 73), Marselo, Karvaxal, Ramos, Kroos, Kazemiro, Modrich (Vaskes, 76), Xames (Beyl, 62), Ronaldu, Benzema.

    Ogohlantirishlar: Zaza (19), Karvaxal (29), Munir (43), Peres (54), Varan (59), Mangalya (67), Parexo (90).

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «Real» safarda «Valensiya»ga yutqazib qo‘ydi