12:20 / 23.02.2017
5 031

Javod Nekunam: O‘zbekiston bu tarkibi bilan Jahon chempionatiga chiqishi kerak

Javod Nekunam: O‘zbekiston bu tarkibi bilan Jahon chempionatiga chiqishi kerak

Hademay, mart oyi ham boshlanadi. Bu esa, futbol mavsumi shu jumladan, muhim o‘yinlar yaqinlashishini anglatadi.

23 va 28 mart kunlari Osiyo qit’asida JCh-2018 musobaqasining saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Bilasiz, guruhimizda Eron, Janubiy Koreya, Qatar, Xitoy va Suriya terma jamoalari bor.

Saralashning ikkinchi davrasida barcha jamoalar uchun har bir o‘yin pley-off maqomiga teng bo‘ladi. Mag‘lubiyat u yoqda tursin, durang natija ham yuqori o‘rinlarni kafolatlamasligi mumkin.

Nomlari yuqorida keltirilgan terma jamoalarning mahalliy matbuotini kuzatar ekansiz, benihoya mamlakat bosh jamoasining taqdiri, oldindagi o‘yinlar xususidagi fikrlarni o‘qiysiz.

Jumladan, bugun e’tiboringizga Eron afsonasi, hozirda bosh murabbiy Karlos Keyrushga yordamchi bo‘lib ishlayotgan taniqli futbolchi Javod Nekunamning guruhimizdagi raqiblar, xususan O‘zbekiston haqida gapirgan gaplarini havola etamiz.

Nekunam asosan Qatar bilan bo‘ladigan safar o‘yini haqida atroflicha to‘xtalib o‘tgan. Undan keyin Tehrondagi Xitoyga qarshi bahsga ham to‘xtaldi. Orada, u boshqa raqiblarni ham tilga oldi.

"So‘zsiz, guruhimizdagi bizning asosiy raqibimiz Janubiy Koreya termasidir. Ular albatta, 1-o‘rin uchun harakat qilishadi.

Meni yana bir boshqa narsa xavotirga solyapti: Xitoy bu safar kuchliroq o‘ynashi mumkin. Ularda dunyo darajasidagi murabbiy bor. Bir narsani aniq bilaman: Xitoy bu safar birinchi davradan ko‘ra ko‘proq ochko yig‘a oladi. Qatarni ham esdan chiqarmaslik kerak. Mamlakatda futbol rivojlanishi va JCh-2022 uchun muhim zamin hozirlash maqsadida Qatar Rossiyaga borish uchun barcha ishni qilishga qodir.

O‘zbekistonga kelsak: ular doim chaqilmas yong‘oq bo‘lib kelishgan. O‘zbekiston hozirgi avlodini bemalol kuchli tarkib deyish mumkin. Jeparov, Ahmedov, Nesterov, Denisov, Sergeev va Haydarovdek futbolchilari bor jamoa bu safar ham JChga chiqa olmasa bilmadim, nima deyish mumkin?! O‘zbeklar kamida guruhda 3-o‘rinni olishsa kerak, agar yuqorilab ketishmasa.

O‘z navbatida Suriyani ham unutmaslik lozim. Umuman, Eron uchun buyog‘i oson kechmaydi. Har bir g‘alaba uchun katta mehnat qilish kerak bo‘ladi. Ko‘p narsalar Keyrushga ham bog‘liqdir", - deydi Nekunam raqiblari haqida to‘xtalar ekan.

Biz esa, bu fikrni izoqsiz qoldiramiz...

Biz ham buni tushinib turibmiz. Har bir o‘yinda o‘zimizning maksimal jihatlarimizni ko‘rsatishimiz lozim, aks holda mundialga umid qilishning hojati yo‘q.

Manba: www.uff.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Javod Nekunam: O‘zbekiston bu tarkibi bilan Jahon chempionatiga chiqishi kerak