12:34 / 23.02.2017
5 502

«Real» «Barselona»ning 70 yillik rekordini yangilashi mumkin

«Real» «Barselona»ning 70 yillik rekordini yangilashi mumkin

«Real» kecha «Valensiya»ga mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsada, ketma-ket uchrashuvlarda gol urish bobida shahsiy rekordini o‘rnatdi, deb yozadi Uff.uz sayti.

«Qirollik klubi» futbolchilari ketma-ket 43 uchrashuvda raqiblari darvozasiga gol urib, jamoa tarixida sodir etilmagan ishni amalga oshirishdi.

«Real» hozirgacha raqiblari darvozasiga 113ta to‘p kiritgan bo‘lib, faqat o‘tgan yilning aprel oyida maydonni golsiz tark etishgandi.

Shuningdek, «Real» Ispaniyada «Barselona»ning 70 – yilgi avval o‘rnatgan rekordini yangilashga yaqin kelib qoldi. Madridliklar yana 2ta uchrashuvda gol urishsa kataloniyaliklar rekordini mutlaqo yangilashadi.

Ma’lumot uchun, kataloniyaliklar 70 – yil ilgari 44ta uchrashuvning xar birida raqiblari darvozasiga to‘p kiritgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» «Barselona»ning 70 yillik rekordini yangilashi mumkin