Braziliyalik afsonaviy futbolchi Pele (to‘liq ismi Edson Arantis du Nasimentu)ning o‘g‘li Edson Sholbi Nasimentu (ko‘proq Edino nomi bilan mashhur) 13 yillik jazo muddatini o‘tash uchun polisiyaga keldi, deb yozmoqda Kun nashri.
2014 yilda Braziliya sudi Pelening o‘g‘lini giyohvand moddalar savdosidan tushgan pullarni yuvgani uchun 33 yillik qamoq jazosiga mahkum etgandi. Biroq Edino o‘z shikoyat arizasi apellyasiya sudida ko‘rib chiqilgunga qadar ozodlikda bo‘lgan.
Payshanba kuni sud ayblov xulosasini yakuniy ravishda tasdiqladi, biroq jazo muddatini 12 yil-u 10 oyga qadar qisqartirdi.
46 yoshli Edino juma kuni kechqurun Santos shahridagi polisiya bo‘linmalaridan biriga kelgan. "Bu juda afsuslanarli holat, sababi meni qilmagan ishimda ayblashmoqda", - deya mahkumning so‘zlarini keltiradi Reyter agentligi.
Surishtiruv jarayoni 2005 yilda boshlangan. Edinoni taniqli narkofurushlar bilan aloqalarda hamda narkotik moddalar savdosida ishtirok etishda ayblashgan. Uning o‘zi esa bu ayblovlarni rad etib, garchi giyohvand moddalarni iste’mol qilgan bo‘lsa ham, ularni sotishda qatnashmaganini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Edino otasi butun jahonga tanilgan “Santos” futbol klubida 1990-yillarda o‘ynagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring