08:56 / 27.02.2017
5 318

«Real» safarda «Vilyarreal»ni irodali tarzda mag‘lubiyatga uchratdi va 1-o‘ringa qaytdi

«Real» safarda «Vilyarreal»ni irodali tarzda mag‘lubiyatga uchratdi va 1-o‘ringa qaytdi

Ispaniya chempionatining 24-turidan o‘rin olgan «Vilyarreal» – «Real Madrid» uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. Unda «Vilyarreal» maydoniga safar qilgan madridliklar irodali g‘alabaga erishdilar.

Birinchi bo‘limda darvozalar dahlsiz qoldi, ammo ikkinchi bo‘lim haqiqiy drammaga aylandi. Dastlab mezbonlar 50-daqiqada Manuel Trigerosning golidan so‘ng hisobni ochgan bo‘lsalar, oradan olti daqiqa o‘tib Sedrik Bakambu uni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.

Ushbu gollar mudrab qolgan «Real» futbolchilarini uyg‘otib yubordi va mezbonlar darvozasi yonida birin-ketin xavfli vaziyatlar yaratildi. 64-daqiqada Garet Beyl qanotdan oshirilgan to‘pni boshi bilan darvozaga to‘g‘irlab qo‘ydi. Oradan ko‘p o‘tmay mezbonlar vakili Soriano o‘z maydonida qo‘l bilan o‘ynadi va bu penalti belgilanishi bilan yakunlandi. Imkoniyatni Krishtino Ronaldu ko‘kka sovurmadi va muvozanatni tiklovchi golga mualliflik qildi.

83-daqiqa o‘tib borayotgan bir vaqtda Ronaldu boshlab bergan hujumni Marselo davom ettirdi va qanotdan jarima maydoni tomon to‘pni oshirdi, zaxiradan maydonga qo‘shilgan Alvaro Morata to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. Shu tariqa «Qirollik klubi» «super kambek» qayd etdi va birinchi pog‘onaga qaytdi.

Ispaniya chempionati, 24-tur

Vilyarreal – Real Madrid 2:3


Gollar: 1:0 – 50 Trigeros, 2:0 – 56 Bakambu, 2:1 – 64 Beyl, 2:2 – 74, penalti Ronaldu, 2:3 – 83 Morata.

Vilyarreal – Asenxo (Fernandes, 35), Musakko, Kosta, Mario Gaspar, Ruis, Dos Santos, Trigeros (Rodri Ernandes, 75), Soriano, Kastilexo, Bakambu, Adrian (Cherыshev, 57).

Real Madrid – Navas, Pepe, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich, Kazemiro (Isko, 58), Kroos, Beyl (Vaskes, 89), Ronaldu, Benzema (Morata, 77).

Ogohlantirishlar: Soriano (73), Soldado (73), Mario Gaspar (90), Pepe (90).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» safarda «Vilyarreal»ni irodali tarzda mag‘lubiyatga uchratdi va 1-o‘ringa qaytdi