«Lokomotiv» Toshkentda «Al-Ahli»ni ishonchli tarzda engdi

  • 27 fevral 2017, 18:08
  • 3 191
  • Sport
  • «Lokomotiv» Toshkentda «Al-Ahli»ni ishonchli tarzda engdi

    Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqich 2-turidan o‘rin olgan "Lokomotiv" hamda BAAning "Al-Ahli" klublari o‘rtasidagi uchrashuv nihoyasiga etdi.

    Unda 2:0 hisobi qayd etilib, "temiryo‘lchilar"ning g‘alabasi bilan yakunlandi.

    O‘yinning 20-soniyasidayoq hisob ochildi. Bikmaevning chap qanotdan ko‘targan to‘pini Salamat Quttiboyev boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. 57-daqiqada bo‘lsa, tinib-tinchimas Bikmaevning o‘zi birga-bir vaziyatda ikkinchi golni urdi.

    Shu tariqa "Loko" juda muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

    Osiyo Chempionlar ligasi, 2-tur
    "Lokomotiv" - "Al-Ahli" — 2:0

    Gollar: SalamatQuttiboyev (1), Marat Bikmaev (57)
    "Lokomotiv": Ignatiy Nesterov, Sardor Mirzaev, Islom To‘xtaxo‘jaev, Muhammad Kone, Shuhrat Muhammadiev, Kaxi Maxaradze, Temur Kapadze, Oleg Zoteev, Jaloliddin Masharipov, Salamat Quttiboyev, Marat Bikmaev.
    "Al-Ahli": Majid Nosir, Salmin Hamiz, Asamoa Giyan, Habib al-Fardan, Volid Abbos, Everton Ribero, Hamiz Ismoil, Muhammad Sebil, Abdulaziz Sanqur, Majid Hassan, Makete Diop.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » «Lokomotiv» Toshkentda «Al-Ahli»ni ishonchli tarzda engdi