23:29 / 27.02.2017
5 204

OChL–2017. “Lokomotiv” dastlabki 3 ochkoga ega bo‘ldi

OChL–2017. “Lokomotiv” dastlabki 3 ochkoga ega bo‘ldi

Osiyo Chempionlar Ligasi “A” guruhi 2-turidan o‘rin olgan “Lokomotiv” va “Al-Ahli” o‘yini o‘z yakuniga etdi. Unda “temiryo‘lchilar” 2:0 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvning 20-soniyasidayoq Salamat Quttiboyev hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Birinchi bo‘limda “Al-Ahli”da hisobni tenglashtirish uchun imkoniyat bo‘lgandi, ammo hisob o‘zgarmadi va jamoalar tanaffusga “Lokomotiv”ning 1:0 hisobidagi ustunligi bilan chiqib ketdi.

Ikkinchi bo‘limni faol boshlagan “temiryo‘lchilar” 57-daqiqada kelib hisobni yana bitta to‘pga oshirdi. Sardor Mirzaev aniq to‘p uzatmasi bilan Marat Bikmaevni qulay vaziyatga olib chiqdi va Marat esa mo‘ljalda adashmadi – 2:0.

O‘yin oxiriga qadar ushbu hisob o‘zgarmadi va “Lokomotiv” OChL–2017 turniridagi dastlabki 3 ochkosiga ega bo‘ldi.


OChL–2017. “A” guruhi, 2-tur

“Lokomotiv” – “Al-Ahli” 2:0

Gollar: Quttiboyev (1), Bikmaev (57)

Ogohlantirish: Said Ahmad Adbulla (75)

“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Kaxi Maxaradze, Salamat Quttiboyev (Quvondiq Ro‘ziev, 87), Marat Bikmaev, Sardor Mirzaev, Timur Kapadze, Islom To‘xtaxo‘jaev, Shuxrat Muhammadiev, Oleg Zoteev (Sherzod Fayziev, 90), Muhammad Kone, Jaloliddin Masharipov (Nore Krizo, 72).

“Al-Ahli”: Hamis Salmin, Asamoa Gyan (Said Jassim Hasan, 25), Al Fardan, Volid Abbos, Everton Ribeyro, Hamis Ismoil, Majid Nosir, Muhammad Sebil (Abdulaziz Husayn Haikal, 46), Abdulaziz Sanqur, Majid Hassan (Said Ahmad Abdulla, 73), Makete Diop.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OChL–2017. “Lokomotiv” dastlabki 3 ochkoga ega bo‘ldi