08:54 / 01.03.2017
5 384

Lionel Messi Alkaser sotilishi va Munir ortga qaytarilishini talab qilmoqda

Lionel Messi Alkaser sotilishi va Munir ortga qaytarilishini talab qilmoqda

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi klub rahbariyati Pako Alkaser bilan xayrlashishini xohlamoqda. Bu haqda Don Balon nashriga tayanib Uff.uz xabar berdi.

Manbada aytilishicha, argentinalik futbolchi Munir Al-Xaddodi jamoaga qaytarilishi istamoqda. Eslatib o‘tamiz, hujumchi ayni damda ijara asosida “Valensiya”da o‘ynamoqda.

Ta’kidlanishicha, kataloniyalik jamoa egalari Messining xohishini qondirishga tayyorlar.

Aytish joiz, avvalroq ispan matbuoti, Leo jamoada Jeremi Matyo, Lyuk Din hamda Andre Gomesh kabi o‘yinchilarni ko‘rishni istamayotgani haqidagi ma’lumotni tarqatgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lionel Messi Alkaser sotilishi va Munir ortga qaytarilishini talab qilmoqda