17:41 / 21.05.2015
8 799

Xitoylik kung-fu ustasi Mayk Taysonning barmog‘ini bexosdan sindirib qo‘ydi

Xitoylik kung-fu ustasi Mayk Taysonning barmog‘ini bexosdan sindirib qo‘ydi

Xitoylik kung-fu ustasi va rejissyor Donni Yen sobiq mutlaq jahon chempioni, afsonaviy bokschi Mayk Taysonning barmog‘ini bexosdan sindirib qo‘ydi. BoxingScene nashrining xabar berishicha, sobiq bokschi “Ip Man” filmining 3-qismini suratga olish paytida jarohat oldi, deb yozadi Kun.uz.

Voqea Tayson va Yen orasidagi jang sahnalarini olish paytida yuz berdi. Xitoylik Taysonga tirsagi bilan zarba berdi va uning barmog‘ini bexosdan sindirib qo‘ydi. Bokschi shunga qaramay, sahna ko‘rinishi oxirigacha olinishini talab qildi va shundan keyingina shifokorlarga barmog‘ini ko‘rib qo‘yishlari uchun ruxsat berdi.

Tayson tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan keyin hazillashib, uni hech kim ovutmayotganidan shikoyat qildi. AQShlik bokschi “avval hamma mening Yenga jarohat etazib qo‘yishimdan xavotirlanishayotgan edi, biroq aksi bo‘lib chiqdi”, deb hazillashib qo‘ydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xitoylik kung-fu ustasi Mayk Taysonning barmog‘ini bexosdan sindirib qo‘ydi