Luis Suares: «Real»ga 4 ta gol urganmiz, «PSJ»ga ham ura olamiz

  • 03 mart 2017, 11:09
  • 4 051
  • Sport
  • Luis Suares: «Real»ga 4 ta gol urganmiz, «PSJ»ga ham ura olamiz

    “Barselona” jamoasi hujumchisi Luis Suares “PSJ”ga qarshi EChL nimchorak final javob o‘yinidan oldin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

    Dastlabki o‘yinda kataloniyaliklar Parijda 0:4 hisobida imkoniyatni boy bergandi.

    “Oldimizda qiyin vazifa turibdi. Ammo uni uddalab bo‘lmas, deb ayta olmayman. Biz “Real”ga 4 ta gol urganmiz, “PSJ”ga ham ura olamiz”, – dedi urugvaylik futbolchi.

    Eslatib o‘tamiz, “Barselona” 2015/16 yilgi mavsumda La Liga 12-turida “Real”ni 4:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi.

    Ma’lumot uchun, "Barselona" va "PSJ" o‘rtasidagi javob o‘yini 8 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Luis Suares: «Real»ga 4 ta gol urganmiz, «PSJ»ga ham ura olamiz